Maxfiylik siyosati
Mahfiylik siyosati yangilangan oxirgi sana 30. 06. 2020
«UPGRADE» MChJning Mahfiylik siyosati
Umumiy qoidalar Ushbu mahfiylik siyosati «UPGRADE» Masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan mahfiy maʼlumotlarni qayta ishlov berish tartibini belgilaydi va Operator oʼzining Foydalanuvchilari va Isteʼmolchilardan olishi mumkin boʼlgan barcha axborotlarga nisbatan qoʼllaniladi.
Аtamalar
«Shaxsiy maʼlumotlarga qayta ishlov berish» – shaxsiy maʼlumotlar bilan avtomatizatsiya vositalaridan foydalanilgan holda yoki foydalanilmagan holda amalga oshiriladigan har qanday harakat (muolaja) yoki jami harakatlar (muolajalar), shu jumladan shaxsiy maʼlumotlarni yigʼish, yozish, tizimlashtirish, toʼplash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, oʼzgartirish), koʼchirma olish, ulardan foydalanish, boshqa shaxsga berish (tarqatish, taqdim etish, ruxsat berish), egaliksizlantirish, blokirovkalash, oʼchirish, yoʼq qilish;
«Foydalanuvchi» — Foydalanuvchi akkauntiga ega boʼlgan hamda Operatorning Servislaridan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar, shuningdek ularning xodimlari.
«Isteʼmolchi» — mahsulotlarni yoki Foydalanuvchilardan xizmatlarni sotib olish maqsadida Operator Servislaridan foydalanuvchi hamda bunday Servislarda shaxsiy akkauntga ega boʼlgan jismoniy shaxs.
«Servislar» — maʼlumotlarni upgrade.com.uz saytida olish mumkin boʼlgan Kompaniya tomonidan yaratilgan elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar.
Qayta ishlov berishning asosiy qoidalari
Odatda Operator jismoniy shaxslarning birorta mahfiy maʼlumotlarni, shu jumladan shaxsiy maʼlumotlarni yoki Operator mahsulotlaridan foydalanuvchi kompaniyalar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oʼz tijorat faoliyatini yuritish jarayoni Operator ish olib boradigan maʼlumotlarni toʼplamaydi va saqlamaydi.
Biroq, Operatorning bir qator mahsulotlaridan, shu jumladan «Mobisklad» va «Wherebuy» servislaridan foydalanish maqsadida Operatorga Foydalanuvchilardan va/yoki bunday servislardan foydalanuvchi Isteʼmolchilardan chegaralangan maʼlumotlarni olish va saqlash kerak boʼlishi mumkin.
Bunday holatlarda Operator oʼz faoliyatini amalga oshirishning eng muhim maqsadi va sharti sifatida inson va fuqaroning shaxsiy maʼlumotlariga qayta ishlov berishda ularning huquq va erkinliklariga rioya qilish, shu jumladan shaxsiy hayot dahlsizliligi, shaxsiy va oilaviy hayot, shuningdek Operatorga uning tijorat faoliyatini yuritish jarayonida unga maʼlum boʼlishi mumkin boʼlgan Foydalanuvchilarning tijorat sirini himoya qilishdir.
Qayta ishlov berish predmeti
Oʼzining tijorat faoliyatini yuritish doirasida Operator quyidagi maʼlumtlarga qayta ishlov berishi mumkin:
(a) familiyasi, ismi, sharifi;
(b) telefon raqami;
(c) elektron pochta manzili;
(d) savdo joyi;
Operator shuningdek shaxsiy maʼlumotlarga egasizlantirilgan ishlov berish ishlarini amalga oshiradi.
Qayta ishlov berish maqsadlari
Foydalanuvchilar va Isteʼmolchilarga ularning Operator Servislaridagi akkauntlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish maqsadida ular haqidagi maʼlumotlarni saqlash shaxsiy va egasizlantirilgan maʼlumotlarga ishlov berish maqsadi hisobdanadi.
Shaxsiy maʼlumotlarni toʼplash, saqlash, berish va boshqa turdagi ishlov berish tartibi
Operator tomonidan ishlov beriladigan maʼlumotlar xavfsizligi amaldagi qonun hujjatlarining shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish sohasidagi talablarini toʼliq hajmda bajarish uchun zarur boʼlgan huquqiy, tashkiliy va texnik tadbirlarni amalga oshirish yoʼli bilan taʼminlanadi.
Operator maʼlumotlar saqlanishini taʼminlaydi va vakolatlanmagan shaxslar tomonidan maʼlumotlar olinishiga yoʼl qoʼymaslik borasida barcha mumkin boʼlgan choralarni koʼradi, shu jumladan:
(a) parollar tizimidan foydarlanish; va
(b) Isteʼmolchilar va Foydalanuvchilar maʼlumotlariga kirish huquqiga ega boʼlgan shaxslar doirasini cheklash.
Foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlari hech qachon va hech qanday sharoitlarda uchinchi shaxslarga berilmaydi, amaldagi qonun hujjatlarini bajarish bilan bogʼliq boʼlgan va/yoki Operator manfaatlarida shaxsiy maʼlumotlarga ishlov berishni amalga oshirish maqsadlaridagi hollar bundan mustasno.
Maʼlumotlardagi noaniqliklarni aniqlangan hollarda, Foydalanuvchi Operatorga uning pp@wherebuy.uz elektron pochta manziliga «Maʼlumotlarni faollashtirish» qaydi bilan xabarnomani yoʼllash yoʼli bilan mustaqil ravishda faollashtirishi mumkin.
Shaxsiy maʼlumotlarga qayta ishlov berish muddati cheklanmagan.
Shaxsiy maʼlumotlarni transchegaraviy ravishda berish Operator ushbu Siyosatning shartlariga muvofiq va Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining talablariga rioya qilgan holda shaxsiy maʼlumotlarni trans chegaraviy ravishda berishni amalga oshirishga haqli.
Yakuniy qoidalar
Foydalanuvchi pp@wherebuy.uz elektron manzili boʼyicha Operatorga murojaat qilgan holda ishlov berishga oid uni qiziqtiruvchi masalalar boʼyicha har qanday tushuntirishlarni olishi mumkin.
Mazkur Mahfiylik siyosati shartlari oʼzgartirilgan taqdirda, Operator Foydalanuvchilar va Isteʼmolchilarning akkauntlariga tegishli xabarnomani yoʼllash majburiyatini oʼz zimmasiga oladi.
© 2020 mobisklad. OOO "Upgrade". Все права защищены.