Yagona telefon raqami:                                                                                       Sayt tili:

71 200 86 00                                                                   Uz
Shaxsiy kabinet ➜

mobisklad sizning do‘koningizga qanday imkoniyatlar beradi?

Ombor hisobi va savdo tahlili

Dokondagi tovarlarning harakatini kuzatish, ombordagi qoldiqlarni tekshirish, savdoni tahlillash

Sotuvchining ish joyi

mobisklad bilan xech qanaqa uskunalar kerak emas. Sotuvchilar kassani smartfon orqali olib borishadi

Masofadan boshqarish

Boshqaruv ishlarini bajarish uchun har doim do‘konda bo‘lishingiz shart emas. mobisklad bunda sizga yordam beradi 

Tovarlar yo‘qolishini oldini olish

Do‘kon ho‘jaligida har xil hodisalar bo‘lib turadi. Ularni oldini olgani yaxshi

Barcha imkoniyatlar

Ombor hisobi
Tovarlarning harakatini nazorat qilish

Nazorat har qanday tizimni, har qanday tashkilotni, shu jumladan omborni boshqarish uchun asosdir

Omborda qulay navigatsiya

Tizimga kiritilgan tovarlarni tasniflash va qidirish qulay va tushunarli

Shtrix-kodlarsiz ishlash

Agar mahsulotingizda shtrix-kod bo‘lmasa yoki ularni chop etishni xohlamasangiz, bu muammo emas. Tizimda shtrix-kodlarsiz yozuvlarni saqlashingiz va hisob olib borishingiz mumkin

Inventarizatsiyani amalga oshirish

Mobisklad bilan mahsulotlarni inventarizatsiya qilish va qayta ko‘rib chiqish funksiyasi bilan yo‘qotish haqida tashvishlanmasangiz bo‘ladi

Operatsiyalar tarixi

Do‘konda sodir bolgan barcha narsalar shaxsiy kabinetda saqlanadi. Istalgan vaqtda, qachon va nima sodir bo‘lganini ko‘rishingiz mumkin. Tarixni bilish kerak

Do‘konlar orasida o‘tkazish

Sizda bir nechta do‘kon bormi? Ular orasida tovarlarni o‘tkazayotganda hisobni yo'qotmaslik kerak. mobisklad sizga savdo nuqtalari orasidagi tovarlar o‘tkazilishini ro‘yxatlaydi


Kassa operatsiyalari
Tovarlarni sotish

Har qanday do‘konda sotish uchun kassa uskunasi kerak. Kassa uskunasi qimmat va juda ko‘p joy oladi. mobisklad bilan kassa kerak emas! Ilovadagi "Kassa" funksiyasi kassa uskunasining o‘rnini bosadi

Kassa chekini chop etish

Chek chop etish uchun Bluetooth-printerini mobisklad ilovasiga ulang va sotuvni chek bilan tasdiqlang. Juda zarur narsa

To‘lov usullari

Bugungi kunda xaridorlar o‘z xaridlarini nafaqat naqd, balki karta bilan ham to‘lashadi. Hisobda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ham olib borish kerak. Naqd pul va naqdpulsiz to‘lovlarni yozib borish mumkin

Tovarlarni qaytarish

Xaridorlar ba’zan turli sabablarga ko’ra mahsulotlarni qaytarishadi. Va bu mahsulotlarni qaytarib olish kerak. Mobisklad bilan siz ushbu mahsulotni omborga qaytarishingiz mumkin

Chegirmalarni o‘rnatish va sotish

Sotib olayotganda, xaridorlar narx haqida savdo qilishni yaxshi ko‘radilar. Ba’zan siz mijozni yo‘qotmaslik uchun chegirma berishingiz kerak. mobisklad bilan ma’lum bir mahsulotga oldindan chegirmalarni o‘rnatishingiz va ularni sotishda berishingiz mumkin


Tahlil qilish va hisoblash
Daromad tahlili

Har qanday tadbirkor uchun eng muhim narsa nima? To‘g‘ri, foyda! Va har qanday foyda aniq va "sovuq" hisoblashni talab qiladi. Tizim siz uchun avtomatik ravishda raqamlarni hisoblab chiqadi va ularni tahlil qilaverasiz

Savdo tahlili

Savdoni tahlil qilish — savdo-sotiqning o‘sish va pasayish tendentsiyalarini kuzatishni anglatadi. Shaxsiy kabinetda "Tahlil" funksiyasidan foydalanib ko‘ring, bu juda oson

Savdo hisobotlari

Hisobotlar yordamida siz doimo dolzarb bo‘lib qolasiz. Hisobotlar Telegram-botda ham olinishi mumkin va Excel formatida shaxsiy kabinetdan yuklab olinishi mumkin

Tovarlar hisobotlari

Omborda qancha mahsulot qoldi? Qancha miqdorda? Ushbu savollarga shaxsiy kabinetda javob olishingiz mumkin. Axir, ombordagi hamma narsani bilishingiz kerak

Sotuvchilar hisobotlari

Agar do‘konda bir nechta sotuvchi ishlayotgan bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan ularning ish samaradorligini tekshirishingiz kerak. Buning uchun sotuvchilarning xatti-harakatlari haqidagi hisobotlarni excel formatida shaxsiy kabinetda alohida-alohida yuklab olishingiz mumkin

Savdo nuqtalarining alohida hisobotlari

Sizda bir nechta do‘kon bormi? Bir vaqtning o‘zida bir nechta do‘konlarning iqtisodiyotini nazorat qilish uchun oddiy daftar bo‘lmaydi. Sizga zamonaviy tizim kerak. mobisklad — ombor hisobi uchun zamonaviy tizim


Masofadan boshqarish
Boshqaruvchining shaxsiy kabineti

Shaxsiy kabinetda hamma narsa ko‘rinadi. Hamma-hammasi

Telegram-bot’da bildirishnomalar

Shaxsiy kabinetda hamma narsani ko‘rish uchun vaqt yo‘qmi? Lekin Telegramda o‘tirishda vaqt bor. Ana bu yerda do‘kondagi barcha harakatlar haqida xabar olishingiz mumkin. Masofadan. Telegram-bot orqali.


Qo‘shimcha funksiyalar
wherebuy.uz bilan integratsiya

Hisobni olib borishni o‘rganganingizdan keyin, yanada qiziqarli narsaga o‘tishingiz mumkin. Barcha mahsulotlaringiz va do‘koningizni wherebuy.uz saytida reklama qilinishi mumkin. Xaridorlar soni ko‘payadi. Qanday qilib? Bilib oling



© 2020 mobisklad. OOO "Upgrade". Barcha huquqlar himoyalangan.