Foydalanuvchi shartnomasi
Qoidalar bo‘limi hujjati
Foydalanish shartnomasining oxirgi yangilangan sanasi: 01.05.2021
«UPGRADE» MChJning Foydalanish shartnomasi
Ushbu hujjat «UPGRADE» Ma'suliyati cheklangan jamiyatining (keyinchalik – «Kompaniya») Kompaniya servislaridan foydalanish shartlarini belgilaydigan ushbu hujjatda (keyinchalik – «Foydalanish shartnomasi») keltirilgan shartlarda Foydalanish shartnomasiga yakun sifatida Kompaniyaning Servislaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan taklifi hisoblanadi. Ushbu hujjatda «Foydalanish shartnomasi» va «Shartnoma» atamalari bir-birini o‘rnini bosuvchi atamalar sifatida qo‘llaniladi.
1. ATAMALAR VA TA'RIFLAR
1.1. «Foydalanuvchining akkaunti» — bu Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan Servislardan foydalanilishi uchun yaratiladigan hisob qaydini anglatadi.
1.2. «Servislar» — ma'lumotlarni upgrade.com.uz saytida olish mumkin bo‘lgan Kompaniya tomonidan yaratilgan elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar.
1.3. «Foydalanuvchi» — Foydalanuvchi akkauntiga ega bo‘lgan hamda Kompaniyaning Servislaridan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxslar.
1.4. «Mahfiylik siyosati» — Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan hamda https://mobisklad.uz/uz/privacypolicy/ manzili bo‘yicha yirish mumkin bo‘lgan Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini yig‘ish, ularga ishlov berish, saqlash va taqdim etish maqsadlari va shartlarini belgilovchi hujjat.
2. PREDMETI
2.1. Kompaniya Foydalanuvchiga ushbu Foydalanish shartnomasida keltirilgan shartlarda o‘z Servislaridan foydalanish huquqini taqdim etadi.
2.2. Kompaniya bilan ushbu shartlar asosida Shartnoma tuzgan Foydalanuvchilar Kompaniyaning Servislaridan foydalanishi, shuningdek u yoki bu Servisning funksionalidan kelib chiqqan holda bunday Servislarda o‘z xizmatlari va mahsulotlarini joylashtirishi mumkin.
2.3. Kompaniyaning ayrim Servislari Kompaniyaning tegishli tariflari doirasida pullik hisoblanadi. Bunday Servislardan foydalanish tartibi ushbu Foydalanish shartnomasida hamda ushbu Foydalanish shartnomasiga tegishli ilovalarda belgilangan.
3. AKSEPT TARTIBI
3.1. Ushbu Foydalanish shartnomasining matni O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasi 2-qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi.
3.2. Ushbu Ommaviy ofertaning aksepti Foydalanuvchi tomonidan mazkur Foydalanish shartnomasiga 1-sonli Ilovada keltirilgan shakldagi Kompaniya akseptini imzolash yoki elektron raqamli imzolash foydalangan holda uni elektron shaklda imzolash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3.3. Foydalanuvchi tomonidan Kompaniyaning imzolangan aksepti (shu jumladan elektron shakldagi) taqdim etilgan paytdan e'tiboran Foydalanuvchi va Kompaniya Shartnoma tuzgan hisoblanadilar.
4. KOMPANIYA SERVISLARI UCHUN AKKAUNT
4.1. Kompaniyaning har qanday Servisidan Kompaniya tomonidan Foydalanuvchi tomonidan yaratiladigan yagona akkaunt orqali foydalanish mumkin. Kompaniya Foydalanuvchilar tomonidan ushbu Foydalanish shartnomasiga aksept imzolanganidan so‘ng Foydalanuvchining akkauntiga oid tafsilotlarni taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
4.2. Foydalanuvchi akkauntining tafsilotlari (olti raqamli kod) Foydalanuvchi tomonidan uning akseptida ko‘rsatilgan raqamga SMS-xabar orqali Foydalanuvchiga jo‘natiladi.
4.3. Odatda, Foydalanuvchi Servislardan foydalanish uchun faqatgina bitta akkauntga ega bo‘lishi mumkin, biroq qo‘shimcha akkauntlar zaruriyati tug‘ilganda Foydalanuvchi ushbu masalani kelishish uchun Kompaniyaga murojaat qilishi mumkin.
5. KOMPANIYA SERVISLARI
5.1. Kompaniyaning ayrim Servislaridan foydalanish uchun Foydalanuvchi o‘zining raqamli qurilmalariga (smatrfon, planshet, leptop va boshqalarga) kerakli Ilovalarning o‘rnatilishi talab etilishi mumkin.
5.2. Kompaniya Foydalanuvchi kirishi mumkin bo‘lgan quyidagi Servislarni taqdim etadi:
(a) Mobisklad, Shartnomaga 2-sonli Ilovada keltirilgan shartlarga muvofiq;
(b) Wherebuy, Shartnomaga 3-sonli Ilovada keltirilgan shartlarga muvofiq.
5.3. Ko‘rsatib o‘tilgan Servislardan tashqari, Kompaniya quyidagi turdagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
(a) Servislarga ulanish
(b) Servislar bilan ishlash uchun telegram-bot;
(c) Servislar orqali sotuvlarni tahlil qilish;
(d) Servislarda joylashtiriladigan mahsulotlarni tahlil qilish;
(e) Mijozlar bazasini shakllantirish;
(f) Xolislik dasturlari;
(g) Do‘kon uchun elektron vitrina;
(h) Texnik xizmat ko‘rsatish;
(i) ro‘yxati Kompaniya tomonidan vaqti vaqti bilan yangilanadigan va kengaytirib boriladigan boshqa xizmatlar.
5.4. Kompaniya o‘zining Servislari va xizmatlari orqali tarif tizimi asosida amalga oshirali, biroq ularni ushbu Foydalanish shartnomasining maqsadlari uchun alohida-ilohida taqdim etmaydi.
5.5. Foydalanuvchi kirishi mumkin bo‘lgan har qanday tarifning shartlari ushbu Foydalanish shartnomasiga 4-sonli Ilova bilan belgilangan.
5.6. Kompaniya Foydalanuvchining havolalari boshqa Foydalanuvchilar tomonidan Kompaniya Servislarida joylashtiriladigan tashqi resurslarga kirganligi va ulardan foydalanilganligi uchun, shuningdek axborotni Kompaniya Servislaridan olish mumkin bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar sifati uchun javobgar bo‘lmaydi.
5.7. Ilovadan foydalanish jarayonida Foydalanuvchiga reklama materiallari va mahsulotlari taqdim etilishi mumkin. Bunda, Kompaniya boshqa Foydalanuvchilar tomonidan Kompaniya Servislarida joylashtiriladigan reklama materiallari va 3 mahsulotlari sababli birorta ham majburiyatni zimmasiga olmaydi va biror tarzda ham javobgar bo'lmaydi.
6. SERVISLARGA HAQ TO'LASH
6.1. Servislardan va ularga biriktirilgan xizmatlardan foydalanish qiymati ushbu Foydalanish shartnomasining 4-sonli Ilovasida ko'rsatilgan tariflar bo'yicha belgilanadi.
6.2. Tariflarga haq to'lash Foydalanuvchi tomonidan har oyda u tegishli Servisdan foydalanishni rejalashtirayotgan tegishli oyi boshlangunigacha kamida 2 ish kuni oldin amalga oshiriladi.
6.3. Foydalanuvchi bir kalendar oyidan oshadigan davr uchun tegishli tarif bo'yicha oldindan to'lovni kiritishga haqli.
6.4. Xizmatlarga ulanish narxi ushbu foydalanuvchi shartnomasining 4-ilovasida ko‘rsatilgan.
7. FOYDALANUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
7.1. Foydalanuvchi quyidagilarga haqli:
(a) Ushbu Foydalanish shartnomasi shartlarining bajarilishi sharti bilan Servislardan to'liq hajmda foydalanish (tanlangan tarif doirasida);
(b) Kompaniyani Servisdan foydalanishni to'xtatish haqida yoki o'zining akkauntini o'chirish haqida xabardor qilish yo'li bilan har qanday vaqtda Servisdan foydalanishni to'xtatish.
7.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
(a) ushbu Foydalanish shartnomasining shartlariga rioya qilish;
(b) Servislar orqali ushbu Foydalanish shartnomasiga 5-sonli Ilovada batafsil ko'rsatilgan nomaqbul kontentlarni (shaxvoniy tusdagi materiallar, nafrat to'la nutqlar, haqoratlar, terrorizm tusidagi materiallar, fojiali voqealar, tahdidlar va h.k.larni) joylashtirmaslik va jo'natmaslik;
(c) Ilovadan noqonuniy maqsadlarda hamda Kompaniyaga va/yoki boshqa Foydalanuvchilarga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan maqsadlarda foydalanmaslik;
(d) O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini yuritish, axborotni muhofaza qilish, elektron tijorat va soliq majburiyatlariga taalluqli talablariga rioya qilish.
8. KOMPANIYANING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
8.1. Kompaniya o'z Servislarining qulay ishga yaroqliligini ta'minlash majburiyatini o'z zimmasiga oladi. Ushbu maqsadlar uchun Kompaniya vaqti-vaqti bilan ayrim Servislarning vaqtincha ishlamasligiga olib kelishi mumkin bo'lgan texnik qayta ishlovlarni (profilaktika ishlarini) o'tkazishi mumkin va bu haqda Kompaniya Foydalanuvchini oldindan xabardor qiladi.
8.2. Kompaniya ushbu Foydalanish shartnomasining qoidalarini bir tomonlama tartibda o'zgartirishga haqli va bu haqda Kompaniya Foydalanuvchini oldindan xabardor qiladi.
8.3. Kompaniya bepul ulanish va/yoki sinov muddatini Foydalanuvchiga taqdim etishi mumkin, unda foydalanuvchi, kompaniya xohishiga ko‘ra belgilangan sinov muddati davomida har qanday xizmatdan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘ladi (sinov muddati uchun taqdim etilgan maxsus xizmat, bu holda, kompaniyaning o‘zi tomonidan belgilanadi)
8.4. Birorta masalalar yuzaga kelgan taqdirda Foydalanuvchi texnik qo'llab-quvvatlash maqsadida Kompaniyaga murojaat qilishi mumkin.
8.5. Foydalanuvchi ushbu Foydalanish shartnomasining shartlarini, uchinchi shaxslarning huquqlarini buzgan taqdirda yoki Servislar ishiga tahdid tug'dirayotgan bo'lsa, Kompaniya Foydalanuvchining akkauntini keyinchalik o'chirilgan holda hamda Shartnomani bir tomonlama tartibda to'xtatgan holda blokirovka qilishga haqli.
8.6. Foydalanuvchi birorta Servisdan foydalanganlik uchun keyingi 2 (ikkita) kalendar oyi mobaynida tariflar bo'yicha to'lovni amalga oshirmaydi yoki Servislarda axborotni joylashtirish qoidalarini buzadigan bo'lsa, Kompaniya faqatgina Foydalanuvchining akkauntini keyinchalik o'chirib tashlagan holda va Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilgan holda uni blokirovka qilishga haqli.
9. MAHFIYLIK VA XAVFSIZLIK
9.1. Ushbu Foydalanish shartnomasining aktsepti Foydalanuvchi Kompaniyaning Mahfiylik siyosati bilan tanishib chiqqanligi va unga rozilik berganligini anglatadi.
9.2. Kompaniya Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlariga, shuningdek Foydalanuvchi tomonidan Ilovadan foydalanganlik munosabati bilan Kompmaniyaga Foyladalanuvchi haqida ma'lum bo'lgan boshqa ma'lumotlarga nisbatan Mahfiylik siyosatida ko'zda tutilgan tartibda, shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ko'zda tutilgan talablar va huquqlarni hisobga olgan holda mahfiylikka rioya qilish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
9.3. Foydalanuvchi Ilovada «cookies» texnologiyalari hamda Ilovaga ulanish va undagi kirish mumkin bo'lgan servislardan qulay ravishda foydalanish maqsadida boshqa texnologiyalar qo'llanilishi mumkinligini qabul qiladi.
10. BOSHQA SHARTLAR
10.1. Kompaniya Dastur orqali Foydalanuvchiga xabarnomalar yuborishga haqli.
10.2. Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan Foydalanish shartnomasi shartlari buzilgan taqdirda yoki O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan ko'zda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra Foydalanuvchining akkauntini Ilovada o'chirib tashlash yo'li bilan bir tomonlama tartibda Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishga haqli.
10.3. Kompaniya yoki Foydalanuvchining tashabbusiga ko'ra Shartnoma bekor qilinganligi munosabati bilan Foydalanuvchining akkaunti o'chirib tashlangan hollarda, Kompaniya bunday Foydalanuvchiga Servisdan foydalanganlik uchun to'lovni, shu jumladan oldindan to'lov bo'yicha olingan to'lovni qaytarish uchun javobgar bo'lmaydi.
10.4. Kompaniya Foydalanuvchi tomonidan Kompaniyaning Servislari va/yoki xizmatlaridan foydalanish chog'ida sodir etiladigan yoki Foydalanuvchi tomonidan Kompaniyaning Servislari va/yoki xizmatlaridan foydalangan holda sodir etiladigan qonun hujjatlari buzilishlari uchun javobgar bo'lmaydi. Kompaniya tamoyillaridan biri — bu qonuniy faoliyatni yuritishdir, bu esa uning barcha Foydalanuvchilari uchun ham talab etiladi. Qonun hujjatlari buzilishlari holati aniqlangan hollarda, Kompaniya ularni buzgan Foydalanuvchi bilan Shartnomani bir tomonlama tartibda bunday Foydalanuvchining Akkauntini o'chirib tashlagan holda bekor qilishga haqli.
10.5. Foydalanish shartnomasidagi hech bir holat Foydalanuvchi va Kompaniya o'rtasida agentlik munosabatlari, shirkatchilik munosabatlari, qo'shma faoliyat borasidagi munosabatlar, shaxsiy yollash borasidagi munosabatlar yoxud boshqa birorta munosabatlar o'rnatilishi sifatida tushunilishi mumkin.
10.6. Kompaniya haqida ma'lumotlar:
“Upgrade” MChJ
Toshkent shahar, Olmazor tumani,
1-chi Qichqiriq ko‘chasi
+998 71 200 86 00
h/r: 20 208 000 501 042 968 001
Bank: “Orient Finans” XAKB
MFO: 01075
STIR: 306202732
IFUT: 63 110
Ilova №1. Aktsept
Foydalanish shartnomasiga 1-sonli ilova
______________-sonli Aktsept
(raqam olinish chog'ida Kompaniya tomonidan to'ldiriladi)
"____" ____________ 20__ yil
Keyinchalik «Foydalanuvchi» deb nomlanuvchi _______________________________________, foydalanish shartnomasini ko'rib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369 va 379-moddalariga muvofiq ushbu bilan «Upgrade» MChJning Foydalanish shartnomasi shartlarining va _______________ tarifga ulanish uchun o'zining to'liq va so'zsiz aktseptini taqdim etadi.
Tafsilotlar:
Foydalanuvchi to'g'risida ma'lumotlar (agarda yuridik shaxs bo'lsa):
Ushbu aktsept (ustav, ishonchnoma) asosida harakat qiluvchi _________________________ tomonidan to'ldirildi. Telefon raqami ____________
Foydalanuvchining rekvizitlari:
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
(muhr)
Foydalanuvchi to'g'risida ma'lumotlar (agarda jismoniy shaxs bo'lsa):
Ushbu aktsept __________________ pasport va __________________ raqamli telefon sohibi
________________ tomonidan to'ldirildi.
Ilova №2. mobisklad qoidalari
Foydalanish shartnomasiga 2-sonli ilova
MOBISKLAD
«Mobisklad» servisi
1. Ushbu 2-sonli Ilova «Mobisklad» Servisidan foydalanish tartibini belgilaydi. Foydalanish shartnomasiga ushbu 2-sonli Ilovada qo'llaniladigan atamalar, agar mazkur hujjatda o'zgacha qoida belgilanmagan bo'lsa, Foydalanish shartnomasida belgilangan mazmunga ega.
2. Kompaniya Foydalanuvchilarga «Mobisklad» mobil ilovalarda o'zlarining mahsulotlarini elektron ko'rinishda inventarizatsiya qilish imkoniyatini beradi. «Mobisklad» ilovasi pullik hisoblanadi.
3. "Mobisklad" ilovasi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulotlarni hisobga olish dasturi: tovarlarni ombor xisobini olish, savdo tahlili, taftishni hisoblash, foydani hisoblash, masofadan boshqarish va Telegram-bot xabarnomalari. «Mobisklad» ilovasi pullik hisoblanadi.
4. «Mobisklad» mobil ilovasini Android OS mobil qurilmalar uchun Google Play (onlayn do'konda) quyidagi havola bo'yicha https://play.google.com/store/apps/details?id=com.quvvat.shan.wherebuy&hl=ru yuklab olish mumkin.
Mobisklad ilovasidan qanday foydalanish mumkin
4. «Mobisklad» Ilovasini ishlatishni boshlash uchun Foydalanuvchi Foydalanish shartnomasiga aktseptni rasmiylashtirishi va uni Kompaniyaga jo'natishi zarur. Ushbu jo'natmadan so'ng Kompaniya Foydalanuvchiga uning akkaunti haqidagi tafsilotlarni jo'natadi. Akkaunti haqidagi tafsilotlarni olgandan so'ng Foydalanuvchi «Mobisklad» Ilovasida avtorizatsiyani amalga oshirishi va undan foydalanishni boshlashi mumkin.
Mobisklad ilovasidan foydalanish
5. «Mobisklad» Ilovasida Foydalanuvchi o'z mahsulotlarining elektron omborini tashkil qilishi mumkin. Buning uchun Foydalanuvchi ilovaning o'ziga o'z mahsulotlarini to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritishi zarur bo'ladi.
6. Foydalanuvchi mahsulotlari to'g'risidagi axborot «Mobisklad» Ilovasiga shtrix-kodlardan foydalangan holda kiritiladi. Foydalanuvchi zaruriy shtrix-kodlarni qay tarzda olish borasidagi axborotni olish uchun Kompaniyaga murojaat qilishi mumkin.
7. Har bir shtrix-kodga bitta mahsulot tafsilotlarini (turi, modeli, artikli va boshqa muhim tafsilotlarni) berish mumkin. Bunday axborot «Mobisklad» Ilovasida tegishli shtrix-kod raqami bilan birga yoziladi.
8. Mahsulotlarga shtrix-kodlar berilganidan so'ng Foydalanuvchi mahsulotlarni «Mobisklad» Ilovasiga qo'shib ishlangan skaner yordamida qo'shimcha harakatlarga zaruriyat bo'lmagan holda sotilishini qayd qilishi mumkin bo'ladi.
9. «Mobisklad» ilovasidan foydalanish borasidagi batafsil yo'riqnomani https://mobisklad.uz/manual/ havolasi bo'yicha olishi mumkin.
Ilova №3. wherebuy qoidalari
Foydalanish shartnomasiga 3-sonli ilova
WHEREBUY
«Wherebuy» servisi
1. Ushbu 3-sonli Ilova «Wherebuy» Servisidan foydalanish tartibini belgilaydi. Foydalanish shartnomasiga ushbu 3-sonli Ilovada qo'llaniladigan atamalar, agar mazkur hujjatda o'zgacha qoida belgilanmagan bo'lsa, Foydalanish shartnomasida belgilangan mazmunga ega.
2. Kompaniya Mobisklad foydalanuvchilariga o‘z mahsulotlarini "wherebuy.uz" saytiga joylashtirish, ochiq ko‘rish va o‘z onlayn vitrinasini olish imkonini beradi. «Wherebuy» ilovasi pullik hisoblanadi.
3. «Wherebuy.uz» sayti ommaviy ko'rish uchun ochiq veb-sayt hisoblanib, unda iste'molchilar Foydalanuvchilar tomonidan saytda taqdim etilgan mahsulotlar assortimenti orasidan ularni qiziqtiruvchi axborotni izlashlari mumkin bo'ladi.
Wherebuy ilovasidan qanday foydalanish mumkin
4. «Wherebuy» Servisidan foydalanishni boshlash uchun Foydalanuvchi «Mobisklad» Servisining foydalanuvchini bo'lishi zarur. «Wherebuy» Servisidan foydalanishni boshlash uchun Foydalanuvchi Kompaniyaga ushbu servisdan foydalanishni boshlash niyati haqida xabar berishi lozim. Ushbu holatda, kompaniya Wherebuy xizmati bilan ishlash uchun qoidalarni foydalanuvchiga taqdim yetadi. Qoidalar keyingi havolada mavjud: https://mobisklad.uz/regulationwb/. «Wherebuy» Servisidan foydalanishni boshlash uchun Foydalanuvchi boshqa tarifga o'tishi talab etilishi mumkin.
Wherebuy ilovasidan foydalanish
5. Kompaniya tomonidan «wherebuy.uz» saytida Foydalanuvchining mahsulotlarini to'g'risidagi axborot joylashtirilganidan so'ng iste'molchilar bunday mahsulotlarni ko'rishlari hamda o'zlarining saytdagi izlash natijalaridan so'ng topishlari mumkin bo'ladi. Izlanayotgan mahsulot to'g'risidagi axborot bilan birga iste'molchilar Foydalanuvchi haqida axborotni (do'kon nomi, manzili va aloqa raqamlari) oladilar, ularga istakdagi mahsulotni sotib olish uchun to'g'ridan-to'g'ri Foydalanuvchiga murojaat qilish imkoniyatini beradi.
6. Kompaniya Foydalanuvchilarga «wherebuy.uz» saytida joylashtiriladigan mahsulotlari bo'yicha foto-materiallarni taqdim etishni tavsiya qiladi.
7. Wherebuy xizmatidan foydalanganda, foydalanuvchi ushbu xizmat bilan ishlash qoidalariga rioya qilishi kerak. Qoidalar quyidagi havolada mavjud: https://mobisklad.uz/regulationwb/
Ilova №4. Servislar va xizmatlar uchun tariflar
Foydalanish shartnomasiga 4-sonli ilova
SERVISLAR VA XIZMATLAR UCHUN TARIFLAR
Tarif rejalari:
Start +
(1 do‘kon uchun)
Yillik obuna — 2 400 000 so‘m
Ulanish — 1 000 000 so‘m
Ulanishni ichida:
Kategoriyalarni sozlab berish;
Sotuvchilarni ulash;
Do‘konning kartochkasini sozlab berish;
50ta mahsulotlarni tizimga kiritib berish;
To‘liq o‘rgatish;
Telegram-botni ulab berish;
——————————————————————————————————
Optimal
(1–5 savdo nuqtasiga ega kompaniyalar uchun)
Yillik obuna — 7 200 000 so‘m
Ulanish — 1 000 000 so‘m
Ulanishni ichida:
Kategoriyalarni sozlab berish;
Sotuvchilarni ulash;
Do‘konning kartochkasini sozlab berish;
50ta mahsulotlarni tizimga kiritib berish;
To‘liq o‘rgatish;
Telegram-botni ulab berish;
wherebuy.uz'da shaxsiy vitrina
——————————————————————————————————
Business
(5-10 savdo nuqtasiga ega kompaniyalar uchun)
Yillik obuna — 14 000 000 so‘m
Ulanish — 1 000 000 so‘m
Ulanishni ichida:
Kategoriyalarni sozlab berish;
Sotuvchilarni ulash;
Do‘konning kartochkasini sozlab berish;
50ta mahsulotlarni tizimga kiritib berish;
To‘liq o‘rgatish;
Telegram-botni ulab berish;
wherebuy.uz'da shaxsiy vitrina
——————————————————————————————————
All in
(10-dan ortiq savdo nuqtasiga ega kompaniyalar uchun)
Yillik obuna — 25 000 000 so‘m
Ulanish — 1 000 000 so‘m
Ulanishni ichida:
Kategoriyalarni sozlab berish;
Sotuvchilarni ulash;
Do‘konning kartochkasini sozlab berish;
50ta mahsulotlarni tizimga kiritib berish;
To‘liq o‘rgatish;
Telegram-botni ulab berish;
wherebuy.uz'da shaxsiy vitrina
Xar kvartalda bir marta fotograf xizmati
Ilova №5. Servislarda axborotni joylashtirish qoidalari
Foydalanish shartnomasiga 5-sonli ilova
SERVISLARDA AXBOROTNI JOYLASHTIRISH QOIDALARI
MUHIM! Kompaniyaning Servislarida o'z mahsulotlari to'g'risida axborotni joylashtiruvchi Foydalanuvchilar platformada joylashtiriladigan axborot, uning dolzarbligi, qonuniyligi, adekvatligi va maqbulligi uchun mustaqil ravishda javobgar bo'ladi. Kompaniya Foydalanuvchilar-Mijozlar tomonidan Kompaniya Servislaridan foydalanish jarayonida sodir etiladigan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining buzilishlari uchun javobgar bo'lmaydi.
Mahsulotlar fotosuratlariga qo'yiladigan talablar
1. Yuklanayotgan fotosuratlar kamida 300 x 300 Px ruxsatnomasiga ega bo'lishlari lozim.
2. Quyidagi fotosuratlarni chop etish taqiqlanadi:
a. sotilmaydigan mahsulotlar;
b. mahsulot ta'rifiga mos kelmaydigan;
c. reklama kontentiga ega bo'lgan;
d. qonun hujjatlari bilan ishlab chiqarilishi yoki sotilishi taqiqlangan mahsulotlar;
e. majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim bo'lgan yoki maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olinishini talab etadigan mahsulotni, tegishli sertifikat, litsenziya mavjud bo'lmagan hollarda, reklama qilish;
f. erotika va pornografiya tusidagi fotosuratlarni chop etish taqiqlanadi.
Tavsiya etiladi: Siz tomondan ma'lumotlari platformada joylashtirayotgan har bir mahsulotning fotosuratini chop etish.
Platformada joylashtirilishiga yo'l qo'yilmaydigan mahsulotlar.
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan cheklovlar amal qiluvchi mahsulotlarni joylashtirish va sotish taqiqlanadi. Quyida mahsulotlar joylashtirilishiga taqiqlangan misollar ro'yxati keltiriladi, biroq u qat'iy hisoblanmaydi:
1. O'qotar qurol, signal, pnevmatik, gaz quroli, o'q-dorilar, sovuq qurollar (shu jumladan otish qurollari), elektroshok moslamalari va uchqunli razryadniklar, shuningdek o'qotar qurollarning asosiy qismlari, yuklanmagan portlovchi moslamalar va o'q-dorilar, shu jumladan yuklanmagan granatalar, qobiqlar va boshqa shunga o'xshash narsalar, shuningdek bunday moslamalar va buyumlar mulyajlari;
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop, kuchli, radioaktiv, portlovchi, zaharli, kaustik, tez yonadigan va boshqa xavfli moddalar;
3. O'zbekiston Respublikasining pul belgilari, chet el valyutasi va boshqa valyuta qimmatliklari;
4. Uyatsiz yoki ahloqsiz tusdagi narsalar;
5. Kontrafakt buyumlar va noqonuniy narsalar;
6. Jo'natilishi mo'ljallangan mamlakatga olib kirilishi yoki muomalada bo'lishi taqiqlangan narsalar;
7. O'zining xususiyati yoki qadog'iga ko'ra xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan narsalar;
8. Davlat mukofotlari;
9. Mehnat daftarchalari;
10. O'quv yurtlari diplomi;
11. Shaxsni tasdiqlash hujjatlari va boshqa shaxsiy hujjatlar;
12. Aktsiyalar va boshqa qimmatli qog'ozlar;
13. Sotilishi uchinchi shaxslarning mualliflik va/yoki turdosh huquqlarini, tovar belgilari yoki patentlarga nisbatan huquqlarni buzadigan narsalar va materiallar.
14. Shaxsiy hayot sirini buzadigan, fuqarolar va yuridik shaxslarning sha'ni, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obro'siga tajovuz qiladigan materiallar;
15. Tirik hayvonlar;
16. Ishlatilgan mahsulotlar;
17. Buzilgan mahsulotlar;
18. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa mahsulotlar.
Mahsulotlar to'g'risida axborot
1. «WHEREBUY.UZ» platformasida joylashtiriladigan mahsulotlar to'g'risidagi axborotlar mahsulotning minimal tarzdagi zaruriy tarifiga, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda, ega bo'lishi lozim.
2. Mahsulotlarning narxlari majburiy tartibda hamda imkon qadar O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida ko'rsatilgan bo'lishi lozim.
Do'kon to'g'risida axborot
1. Do'konning aniq geolokatsiyasi va manzilini qayd qilish zarur;
2. Do'konning aniq aloqa raqamlarini ko'rsatish zarur;
3. Do'konning aniq nomini kiritish zarur;
4. Do'konning fotosuratini yuklash zarur.
© 2020 mobisklad. OOO "Upgrade". Все права защищены.